Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat hududdagi ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi

📌 Deputat hududdagi ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna tomonidan hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy soha obyektlaridagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, deputat Paxtakor mahallasi hududida joylashgan 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari hamda yangi bino qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda obyektni foydalanishga topshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur obyektni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Deputat tomonidan ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, ta’lim oluvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy obyektlar holatini o‘rganish, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilash hamda muhim loyihalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 4