Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
22-Xonchorbog‘ saylov okrugida obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi

22-Xonchorbog‘ saylov okrugida obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Rayimovich xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan ish reja-grafigiga muvofiq deputatlik nazorati tadbiri Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish ishlari 22-Xonchorbog‘ saylov okrugi hududidagi Xonchorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida olib borildi. Unda mahalla hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, sanitariya-tozalash va obodonlashtirish ishlarining holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida Xonchorbog‘ MFY hududida joylashgan sobiq “Turonbank”ning ikkinchi binosi, hozirda “Basvello Gold Tekstil” faoliyat yuritayotgan hududda sanitariya holati talab darajasida emasligi, hudud tozalanmaganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga hududni belgilangan sanitariya me’yorlari asosida tozalash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur masalaning bartaraf etilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3