Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risidagi qonun ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganiladi

Mazkur o‘rganish O‘RQ–970-son, 2024-yil 3-oktabrdagi “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

O‘rganish davomida hududda kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kreativ industriya subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ijodiy va innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda zamonaviy biznes yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, kreativ sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, yoshlar va ijodkorlarning mavjud muammolari, ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda sohani rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar tahlil qilinadi.
Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — qonun talablarining joylarda to‘liq va samarali ijro etilishini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Kreativ iqtisodiyotning rivojlanishi yangi innovatsion biznes yo‘nalishlarini shakllantirish, aholi bandligini oshirish, yoshlarning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda hududlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Shu bois deputatlar tomonidan qonun ijrosining amaliy holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.