Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xotin-qizlar bilan uchrashuv: muammo va takliflar o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 8 Charx Kamolon okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan hududdagi xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi xotin-qizlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularning murojaat, taklif va tashabbuslarini tinglash, shuningdek, mavjud masalalarga amaliy yechim topishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, oilaviy farovonligini mustahkamlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qiynab kelayotgan boshqa masalalar atroflicha o‘rganildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat va ko‘tarilgan masalaga alohida e’tibor qaratilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish belgilab olindi. Ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Bunday ochiq va bevosita muloqotlar aholi, xususan, xotin-qizlarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor — oilalar farovonligi, jamiyat barqarorligi va yurt taraqqiyotiga qaratilgan e’tibordir.

Slide 1 of 5