Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–48-son, 05.02.2026 y.) qabul qilingan.

📝 Qarorga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va tutash hududlarni obodonlashtirish yo‘nalishida markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini saralash va amalga oshirishda quyidagi tartib o‘rnatiladi:

🔺 loyiha takliflari Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarida muhokama qilinishi va faqatgina ularning qarori bilan ma’qullangandan keyin amalga oshirilishi shart;

🔹 shakllantirilgan loyiha takliflari bo‘yicha loyihaoldi tadqiqotlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari, loyiha tashkilotlari bilan birgalikda har bir hududning xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘tkaziladi;

🔎Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning tutash hududidagi barcha daraxt va butalar boshqaruvchilar tomonidan xatlovdan o‘tkazilib, ma’lumotlar “Mening uyim” axborot billing tizimida aks ettirib boriladi.

📍 Ko‘p kvartirali uylardagi markazlashgan ichimlik suvi iste’molchilariga daraxt va butalarni sug‘orish ishlarini hisoblagichlar o‘rnatgan holda sutkaning har qanday vaqtida amalga oshirishga ruxsat beriladi.

✅ 2026-yil 1-iyuldan boshlab:

🔸 Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarda umumiy yig‘ilish o‘tkazishni tashabbus qilish, o‘tkazish va qaror qabul qilish, shartnomalarni tuzish, boshqaruvchilar tomonidan murojaatlarni qabul qilish va ularni ko‘rib chiqish faqat “Mening uyim” ABTda amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab mazkur tartib respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi;

🔸 majburiy to‘lovlar va ko‘p kvartirali uylarda umumiy mol-mulkni ijaraga va foydalanishga berishdan tushadigan to‘lovlar hisobi faqat “Mening uyim” ABT orqali yuritiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!