Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

 SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining 4-Paxtaobod saylov okrugidan
saylangan deputat M.Raximov tomonidan Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida
saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Unda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov, tuman tashkilotlari mas’ullari,
“mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida
amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot berildi. Xususan,
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik so‘rovlari yuborish, davlat
organlari bilan hamkorlikda aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish,
shuningdek, saylov okrugi hududida amalga oshirilgan bunyodkorlik va ijtimoiy
loyihalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.


Muloqot ochiq savol-javob ruhida davom etib, fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni
ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, hududlarni
obodonlashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar
bildirildi.

Bildirilgan har bir murojaat mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha muhokama
qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Deputat tomonidan murojaatlar ijrosi yuzasidan parlament nazorati olib
borilishi qayd etildi.
  

Slide 1 of 4