Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Mahalladagi huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlari tahlil qilindi

Nazorat-tahlil tadbiri O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli hamda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-sonli Qonunlari doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektorining xizmat faoliyati, hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, muammoli va notinch oilalar bilan ishlash, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan individual profilaktik tadbirlarni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy muammolarini o‘rganish hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash samaradorligi tahlil qilindi.
Nazorat davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik ishlarning ta’sirchanligini oshirish hamda huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishga qaratilgan choralarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur kabi deputatlik nazorati tadbirlari hududlarda qonunlar ijrosini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash, eng muhimi, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1