Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#24_ta_masala #Kengash_raisi

Mamlakatimizda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish hamda hududlarda mavjud muammolarni aholi tashabbusi asosida hal etish maqsadida joriy etilgan “Tashabbusli byudjet” tizimi o‘zining samarali natijalarini bermoqda. Mazkur tizim orqali fuqarolar o‘z hududlarini
obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni ilgari surib, ularning amalga oshirilishida bevosita ishtirok etmoqda.


Ana shunday loyihalardan biri Oltinsoy tumanining “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilmoqda.

Tashabbusli byudjet asosida moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida mahallaning ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, Kengash raisi A.Turdiyev tomonidan deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganilib, qurilish ishlarining belgilangan loyiha va sifat talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.

Hozirgi kunda mahalla ichki yo‘llarida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratilishi, mahalla infratuzilmasining yanada yaxshilanishi, transport qatnovining yengillashishi hamda hudud aholisining turmush sifati oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mazkur loyiha fuqarolar tashabbusi, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va jamoatchilik nazoratining samarali uyg‘unligi natijasida hududlarni kompleks rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri hisoblanadi.  

Slide 1 of 3