Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

Ta'limga e'tibor – kelajak taraqqiyotining muhim omili

Mamlakatimizda yoshlarning sifatli ta'lim olishi, zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarni egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar Oʻzbekiston Respublikasining "Ta'lim toʻgʻrisida"gi Qonunida belgilangan uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, ta'limning sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, har bir fuqaroning bilim olish huquqini ta'minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar bilan hamohangdir.

Ana shunday ezgu maqsadlar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E. Jurayev hamda Kengash kotibiyati mudiri Paxtakor mahallasida yangi tashkil etilgan "Bilimdon" o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida markazda yaratilgan zamonaviy o‘quv sharoitlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, xorijiy tillar, axborot texnologiyalari va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiluvchi imkoniyatlar muhokama qilindi.

"Ta'lim toʻgʻrisida"gi Qonunda ta'lim tizimining asosiy maqsadi shaxsning intellektual, ma'naviy va kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ekani belgilangan.

"Bilimdon" o‘quv markazi faoliyati ham aynan ushbu maqsadlarga xizmat qilib, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, iqtidorini rivojlantirishi hamda kelajakda munosib kasb egasi bo‘lib kamol topishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Yoshlarning ta'lim olishi uchun yaratilayotgan bunday zamonaviy maskanlar nafaqat ularning bilim salohiyatini yuksaltirish, balki mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan malakali, tashabbuskor va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga ham xizmat qiladi.

Slide 1 of 4