Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

"Paxtakor" mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E.Jurayev tomonidan "Paxtakor" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda amalga oshirilishi belgilangan qator ishlar sust olib borilayotgani, ayrim yo‘nalishlarda esa belgilangan vazifalar to‘liq bajarilmagani aniqlandi.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari talab darajasida tashkil etilmagan. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilishi lozim bo‘lgan daraxt ko‘chatlari ayrim hududlarda ekilmagan, ekilgan ko‘chatlarning parvarishi esa yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan.

Sanitariya va tozalik borasida ham kamchiliklar kuzatildi. Mahalla ko‘chalari, ariq va zovurlarning ayrim qismlari chiqindilardan o‘z vaqtida tozalanmagan, maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari tizimli tashkil etilmagani sababli hududning sanitariya holati qoniqarsiz ekani qayd etildi.

"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida rejalashtirilgan tadbirlar to‘liq amalga oshirilmagani, ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz keksalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar sust tashkil etilgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida Kengash raisi E. Jurayev aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mahalla mas’ullari va tegishli idoralarga qat’iy topshiriq va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi, kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda mas’ullarning javobgarligi ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6