Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Yoshlar yetakchisi faoliyati va Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan 17-"Marg'ilon darvozasi" saylov okrugi hududidagi "Marg'ilon darvozasi" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisining O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida 30 yoshgacha bo‘lgan 1 638 nafar yoshlar istiqomat qilishi, ular bilan tizimli ishlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, sport va madaniy tadbirlarga jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiya dasturlaridan samarali foydalanishini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda muammoli toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish hamda ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3