Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mahallada xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan 17-"Marg'ilon darvozasi" saylov okrugi hududidagi "Marg'ilon darvozasi" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalish bo‘yicha Qo‘qon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan fikr almashilib, hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O'rganish davomida mahalla hududlarida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va mavjud kameralar sonini ko‘paytirish, ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash, jamoat joylari hamda ichki ko‘chalarda kuzatuv tizimini kengaytirish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash hamda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5