Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat veterinariya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan Qo‘qon shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat uy hayvonlarini emlash ishlari, veterinariya tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, turli yuqumli kasalliklarga gumon qilingan hayvonlarni vaqtincha saqlash joylari, veterinariya dori vositalarining saqlanish holati hamda bo‘limning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan hududda epizootik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, jumladan, qoramollar o‘rtasida kuydirgi, qo‘y va echkilarda brutsellyoz, itlarda quturish, shuningdek, dermatomikoz kasalliklariga qarshi emlash ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot berildi.

O‘rganish jarayonida kasallik alomatlari aniqlangan hayvonlardan namunalar olinib, veterinariya laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazilishi, zarurat tug‘ilganda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishi hamda kasalliklarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Bundan tashqari, shahar hududidagi dehqon bozorlari faoliyati ham nazorat ostida ekani, veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida go‘sht va boshqa chorvachilik mahsulotlari doimiy ravishda ekspertizadan o‘tkazilib, iste’mol uchun yaroqliligi tekshirilishi haqida axborot berildi.

Shuningdek, hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan yuqumli kasalliklar aniqlangan taqdirda zararlangan mahsulotlarni utilizatsiya qilish, chiqindilarni belgilangan tartibda saqlash hamda maxsus maydonchalarda zararsizlantirish ishlari tashkil etilgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2