Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — chorvachilik xavfsizligi va samaradorligining muhim kafolati

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 6-avgustda qabul qilingan O‘RQ-1079-sonli “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi Qonuni hayvonlarni yagona davlat tizimida identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va ularning harakatini kuzatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Mazkur Qonun orqali qoramol, qo‘y-echki, ot va boshqa chorva hayvonlarini elektron identifikatsiya qilish, ularning harakati hamda veterinariya holati ustidan nazoratni kuchaytirish nazarda tutilgan. Bu esa epizootik xavfsizlikni ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq:
hayvonlarni identifikatsiya qilish va elektron reyestrga kiritish yo‘lga qo‘yiladi;
veterinariya pasporti hamda identifikatsiya vositalari orqali hayvonlarning harakati nazorat qilinadi;
epizootik vaziyatni monitoring qilish va veterinariya nazoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi;
hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi va shaffofligi ta’minlanadi.

Ushbu Qonunning amaliy ijrosi chorvachilik sohasida zamonaviy raqamli boshqaruv tizimini rivojlantirish, veterinariya xizmatlari samaradorligini oshirish hamda aholi va tadbirkorlarning manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi