Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-"Chekmirzaobod" saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan "Chekmirzaobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 41-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasaning 1978-yilda qurilgani va 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, ayni paytda 210 nafar tarbiyalanuvchiga ta'lim-tarbiya berilayotgani qayd etildi. Shuningdek, uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan eshik va deraza romlarining eskirgani hamda bolalar ayvonchalarining ta'mirtalab holatga kelgani aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha muassasada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bino infratuzilmasini yaxshilash va tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay hamda xavfsiz sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, mazkur masalalar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6