Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat so‘rovi natijasida transformator o‘rnatish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi

#deputat_so'rovi_javobi Deputat so‘rovi natijasida transformator o‘rnatish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A. Abdumuratov tomonidan Olmazor MFY hududidagi TP-2882 transformator punktining texnik holati hamda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti bo‘limidan rasmiy javob olindi.
Javob xatida mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganish natijasida TP-2882 transformator punktidagi mavjud quvvat iste’molchilar ehtiyojini to‘liq qoplamayotgani va yuklama me’yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori ekani aniqlangani qayd etilgan.
Shu munosabat bilan Olmazor mahallasiga qo‘shimcha 160 kVA quvvatga ega komplekt transformator podstansiyasi (KTPS-160/10 kV) o‘rnatish bo‘yicha texnik taklif ishlab chiqilib, uni 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan Davlat investitsiya dasturi hamda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish dasturiga kiritish ma’lum qilindi.