Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi: Uzun tumanida yosh rassomlar ko'rik-tanlovi o'tkazildi!

Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi: Uzun tumanida yosh rassomlar ko'rik-tanlovi o'tkazildi!
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zosi G.Nurboboyeva tomonidan o'quvchi yoshlar o'rtasida rassomchilik ko'rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

Ranglar jilosida yoshlar iste'dodi
Tanlov davomida yoshlarning tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishini qo'llab-quvvatlash, ularning ichki salohiyati va ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga alohida e'tibor qaratildi. Ishtirokchilar o'zlarining ijodiy ishlari orqali ona Vatan, tabiat manzaralari va yorqin kelajakka bo'lgan intilishlarini mohirlik bilan aks ettirdilar.

Maqsad sari dadil qadam: Yoshlar maslahat guruhining asosiy vazifasi bo'lgan yoshlar o'rtasida san'atni targ'ib qilish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli o'quvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash tadbirning bosh mezoni bo'ldi.

Qizg'in va murosasiz kechgan tanlov yakunida eng faol va iqtidorli ishtirokchilar munosib deb topilib, Yoshlar maslahat guruhi tomonidan maxsus diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.