Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi

Deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlandi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati S. O‘razmetov tomonidan “Xorazm elektr tarmoqlari” AJ Qo‘shko‘pir tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i S. S. Yusupov nomiga yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
Deputatlik so‘rovida “Zarbdor” mahallasi hududidagi 13-son umumta’lim maktabi yaqinida joylashgan transformator atrofi xavfsizlik talablariga muvofiq temir panjara bilan o‘rab olinishi, foydalanish muddati o‘tgan elektr shitlari yangisiga almashtirilishi hamda joyidan siljigan elektr simyog‘ochini qayta o‘rnatish masalalari ko‘tarilgan edi.
Murojaat ijrosi yuzasidan mas’ul korxona tomonidan zarur amaliy ishlar bajarilib, transformator atrofi temir panjara bilan o‘raldi, eskirgan elektr shitlari almashtirildi va siljigan elektr simyog‘ochi qayta o‘rnatildi.
Mazkur deputatlik so‘rovining ijobiy hal etilishi hududda elektr ta’minoti infratuzilmasining xavfsizligi va ishonchliligini mustahkamlash, fuqarolar, ayniqsa, o‘quvchilarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish hamda saylovchilar murojaatlari asosida parlament nazoratining amaliy natijasini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 1