Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#munosabat

Ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini tasdiqlash vakolatining 2027-yildan boshlab hududiy hokimliklardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkazilishi, eng avvalo, tarif siyosatida yagona yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu qaror tariflarni belgilashda shaffoflikni kuchaytirish, iqtisodiy asoslangan hisob-kitoblarni qo‘llash hamda iste’molchilar manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilish imkonini beradi.

✔️Shuningdek, markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan hududlar uchun alohida yondashuvning joriy etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Aholiga maxsus texnikalar orqali suv yetkazib berish, suv tarqatish shoxobchalarini tashkil etish kabi mexanizmlar chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

✔️Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati sifatida mazkur islohotlarning joylarda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, aholining fikr-mulohazalari inobatga olinishi hamda ichimlik suvi xizmatlari sifati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifa deb hisoblayman. Asosiy maqsad — har bir xonadonni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va aholining turmush farovonligini oshirishdir.