Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
🔷 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich ishtirokida Ogahiy mahallasida navbatdagi deputatlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mahalla yoshlar yetakchisi Kenjayev Elbek Baxodir o‘g‘li tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Monitoring jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
✅ yoshlar bilan ishlash tizimi va murojaatlar bilan ishlash;
✅ yoshlar bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
✅ ta’lim va kasbiy rivojlanishga ko‘maklashish;
✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
✅ huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar;
✅ belgilangan vazifalar ijrosi va faoliyat samaradorligi.
O‘rganish yakunida mahalla yoshlar yetakchisining qonun doirasida olib borayotgan faoliyati qoniqarli deb baholandi hamda egishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 10 nafarga yaqin yoshga har biriga 1 gektardan yer maydoni ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan qabul qilinib, uni belgilangan tartibda hal etish maqsadida tegishli mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.
Yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2