Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat tomonidan aholi muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
Deputat tomonidan aholi muammolari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda deputati A. Jumaniyozovlar “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi bilan bevosita muloqot qildi hamda fuqarolarni qiynayotgan muammo va takliflarni joyida o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari, bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tizimli tahlil qilinib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, deputatlarning saylovchilar bilan doimiy muloqoti, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganishi va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha parlament nazoratini samarali amalga oshirishi xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ochiq va mas’uliyatli boshqaruvning muhim omillaridan biridir.