35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #murojaat_daftari #uyma_uy_loyihasi Inson qadri uchun: deputat Sh.Allamuradova uyma-uy yurib aholi murojaatlarini o‘rganmoqda
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Allamuradova o‘z okrugi hududidagi xonadonlarda bo‘lib, fuqarolar bilan yuzma-yuz, samimiy muloqotlar o‘tkazmoqda.

Deputat har bir xonadonga kirib, fuqarolarning turmush sharoiti, ularni qiynayotgan hayotiy va ijtimoiy muammolar hamda hududni rivojlantirish bo‘yicha takliflarini tingladi.

O‘rganishlar davomida quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:

Infratuzilma va kommunal soha: Ichki yo‘llarning holati, tungi yoritish chiroqlari, elektr va ichimlik suvi ta’minotidagi masalalar;

Ijtimoiy himoya hamda tibbiyot: Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, dori-darmon va tibbiy muolajalarga amaliy ko‘mak berish;

Bandlik va tadbirkorlik: Mahalladagi ishsiz fuqarolar va yoshlarni ishga joylashtirish hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan muloqotlar chog‘ida deputat Sh.Allamuradova shunday ta’kidladi:

"Xalq vakilining asosiy vazifasi — kabinetda o‘tirish emas, balki xalq ichida bo‘lish, ularning dardu quvonchiga sherik bo‘lishdir. Xonadonbay muloqotlar muammoning ildizini ko‘rish va unga to‘g‘ri, tezkor yechim topish imkonini beradi. Bitta ham murojaat e’tibordan chetda qolmaydi."

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarning bir qismi joyida tushuntirish va amaliy ko‘mak berish orqali hal etildi.

Muayyan vaqt hamda mutasaddi tashkilotlar aralashuvini talab etadigan masalalar nazoratga olinib, uzoq muddatli va tizimli muammolar yuzasidan tegishli davlat idoralari va tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.
Slide 1 of 3