35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi o‘rganildi

       Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Murotova Lola Ne’matjon qizi Navbahor mahallasida hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib, ularni ijobiy baholadi.
Yanvar–iyun oylarida banklar bilan hamkorlikda 9 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 9 nafarining daromadi oshirildi, dasturlar doirasida kreditlar ajratilishi natijasida 6 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek:
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” (PQ–312) dasturi doirasida 160 mln so‘m kredit ajratilib, 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi;
“Biznesga birinchi qadam” dasturi orqali 3 nafar fuqaroga 80 mln so‘m kredit berilib, ularning bandligi ta’minlandi;
“Mahalla loyihasi” doirasida 60 mln so‘m kredit ajratilib, 2 ta yangi ish o‘rni yaratildi;
“Oilaviy tadbirkorlik” dasturi asosida 68 mln so‘m kredit berilib, 14 ta yangi ish o‘rni yaratildi;
“Sayxunobod tajribasi” asosida 6 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 21 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
2026-yil yakuniga qadar 24 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash, shundan 10 ta doimiy ish o‘rni yaratish va 14 nafar fuqaroning daromadini oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, dasturlar doirasida qo‘shimcha kredit mablag‘lari ajratilib, yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, har hafta tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, har bir mahallada “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjiri bo‘yicha 3 tadan “lokomotiv” loyihani amalga oshirish hamda “xonadonbay” o‘rganishlar orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, Xitoy texnologiyalarini joriy etish va aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 3