35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
YANGIYO‘L MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol

YANGIYO‘L MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI VA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI

🇺🇿 Yangiyo‘l mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati hamda hududda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.

📇 O‘rganish davomida mahallada 1 791 ta xonadon, 2 189 ta oila mavjud bo‘lib, ularda 6 467 nafar fuqaro istiqomat qilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, 49 ta oila tegishli ijtimoiy reyestrlarga kiritilgan, 90 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

📁 Mahalliy Kengash deputatlarining 24 talik tavsiyaviy savolnomasi asosida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga xizmat ko‘rsatish sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.

💬 Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat samaradorligi muhokama qilindi.

🗂 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorida belgilangan mahallani aholi muammolarini hal etishdagi birinchi bo‘g‘inga aylantirish vazifalaridan kelib chiqib davom ettiriladi. Aniqlangan masalalarni manzilli hal etish va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5