35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi deputatlik nazoratida

alq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevichning topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Shamchiroq” MFY 12-Ashxabat saylov okrugi hududidagi Qurilishchi ko‘chasida amalga oshirilayotgan kanalizatsiya tarmoqlarini yangidan tortish ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

🔍 O‘rganish davomida mutaxassislar bilan qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, qazish ishlari yakunlangan hududlarni obodonlashtirish va avvalgi holatiga qayta tiklash choralari hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📋 Shuningdek, loyiha ijrosi davomida aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni imkon qadar kamaytirish va qurilish-montaj ishlarini sifatli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
📄 O‘rganish yakunlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisiga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi.

🤝 Hududlarda olib borilayotgan infratuzilma loyihalarini muntazam nazorat qilish ularning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3