35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#qaror ijrosi nazorati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Zuhra Pulatova tomonidan hududdagi eng og‘riqli nuqtalardan biri — "O‘zbekiston" mahallasi Gultepa ko‘chasi yo‘llarining bugungi kundagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Afsuski, o‘rganishlar natijasi hududda aholi farovonligi uchun qabul qilingan Prezidentimizning PQ-343-sonli qarori ijrosi bu yerda mutasaddilar tomonidan mutlaqo qoniqarsiz tashkil etilganini ko‘rsatmoqda.

🔍JARAYONDA:
➡️Ko‘chalarni kovlab, ma’lum bir ishlar bajarilgandan so‘ng, yo‘llar oxirigacha tiklanmasdan, tartibsiz holatda tashlab ketilgan. Bu esa aholi va transport vositalarining harakatlanishiga jiddiy xavf va qiyinchilik tug‘dirmoqda.
➡️Ichimlik suvi hamda oqova suv (kanalizatsiya) quvurlari yuzasidan qilingan barcha ishlar talabga mutlaqo javob bermaydi, holat juda achinarli.
💬 Deputat munosabati:
"Prezident qarorlari qog‘ozda qolishi yoki hisobot uchun yuzaki bajarilishi kerak emas! Gultepa ko‘chasi aholisi nega qilingan chala ishlar ortidan loy va nosoz yo‘llardan yurishga majbur bo‘lishi kerak? Oqova suv quvurlari tizimidagi bunday sifatsizlik ertaga kattaroq muammolarni keltirib chiqarmaydimi?"

📍Mazkur holat bo‘yicha mas’ul tashkilot va pudratchi tashkilot tomonidan yo‘l va oqova suv tizimidagi kamchiliklar tez fursatda, sifatli bartaraf etilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuboriladi va shahar Kengashi tomonidan muhokama qilinadi.

Slide 1 of 5