35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
TEMIR YO‘L ATROFIDAGI HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH VA OZODALIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat,tuman hokimi Elmurod Po‘latov tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Boyqozon mahallasidagi temir yo‘lga tutash hududlarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.O‘rganish davomida hudud bo‘ylab piyoda yurilib, yo‘l chetlari, yashil maydonlar, sug‘orish tarmoqlari, sanitariya holati hamda temir yo‘l atrofidagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish, hududlarda tozalikni ta’minlash va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish,infratuzilma obyektlarini tartibga keltirish hamda hududning estetik qiyofasini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.Ta’kidlanganidek,temir yo‘l atrofi tumanga kirib kelayotgan mehmonlarda dastlabki taassurot uyg‘otadigan hududlardan biri bo‘lib, uning obodligi va ozodaligi muhim
ahamiyatga ega. Shu bois ushbu hududlarda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, doimiy nazoratni kuchaytirish va sanitariya talablariga qat’iy rioya etish ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.Parkent tumanida hududlarni yanada obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay va shinam yashash muhitini yaratishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
  

Slide 1 of 8