35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH HAMDA DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga
kiritilishi belgilangan “Parkent tumanidagi ayrim geografik obyektlarni qayta nomlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tuman hokimining maslahatchisi Dilshod Azimboyev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.Uchrashuv davomida mazkur masala “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
talablariga muvofiq amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, masalani 15 kunlik jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish, muhokama yakunlari bo‘yicha hududiy adliya bo‘limiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etish,ijobiy xulosa olingach, bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda masalani sessiya kun tartibiga kiritish belgilangan.Shundan so‘ng deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun ijrosining tumandagi holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.O‘rganish yakunida tumanda tashqi yozuvlarning davlat tilida, amaldagi imlo qoidalariga muvofiq va xatolarsiz yozilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, tashqi yozuvlarni belgilangan talablar asosida tartibga keltirish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 4