35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTAT SAYLOVCHILARIGA O‘Z FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI.

Deputatlarning o‘z saylovchilariga deputatlik faoliyati natijalari haqida axborot berishi uchun huquqiy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat,tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunlari belgilangan.Xususan, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning deputatning saylovchilar bilan munosabatlariga oid normalarida deputatning saylovchilar bilan uchrashib turishi, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishi hamda deputatlik faoliyati to‘g‘risida axborot berishi nazarda tutilgan.Mazkur Qonunning 7-moddasi 3-xatboshisida: “Deputat vaqti-vaqti bilan,lekin yiliga kamida to‘rt marta saylovchilarga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot beradi”, deb belgilangan.Tasdiqlangan reja-grafik asosida bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, senator Maxmudjon To‘xtayevich Toirov Parkent tumani “Xo‘ja” MFY hududidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashib,joriy yilning I choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna ishtirok etdi.Uchrashuv davomida deputat tomonidan aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar,shuningdek, tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.Shundan so‘ng fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan ichimlik suvi va tomorqa uchun suv ta’minoti, hududlarni tungi yoritish, ijtimoiy nafaqalar, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini qonuniylashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Axborot yakunida saylovchilar tomonidan hududda yechimini kutayotgan dolzarb muammolar bayon etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, mahalla faollari bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan kelishib olindi.  

Slide 1 of 4