35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
“Yoshlik” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

📌 “Yoshlik” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Belgilangan reja-grafikka muvofiq, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahridagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni hal etish yuzasidan takliflar tinglandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3