35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
🏦📖 “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 11-Istiqbol saylov okrugi deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna tomonidan AT “Agrobank”ning Shovot filialida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-580-son Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
📋 Uchrashuv davomida mazkur Qonunning asosiy maqsadi va vazifalari, bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bank xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, mijozlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
👥 Tadbirda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Nurjanova Matluba Odamboyevna hamda Kengash kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
✅ Uchrashuv yakunida qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fuqarolarning bank xizmatlaridan samarali foydalanishini qo‘llab-quvvatlash hamda bu boradagi targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4