35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#haftalik_ish_reja #KQ_35 #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣“Temiryo‘lchi” mahallasida obodlik va mehr-saxovat oyligi: deputat nazorati va amaliy ishlar

O‘rganishlar davomida deputat va kotibiyat vakili mahalla hududidagi ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofi hamda jamoat joylaridagi tozalik va obodonchilik holatini ko‘zdan kechirdilar. Xususan:
Hududlar tozaligi: Ko‘cha va xiyobonlarni chiqindilardan tozalash hamda noqonuniy chiqindixonalarning oldini olish choralari;
Yashil hududlar va daraxtlar: “Yashil makon” umumnilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar va daraxtlarni parvarishlash hamda sug‘orish tizimlari holati;
Mehr-saxovat tadbirlari: Oylik doirasida ehtiyojmand, yolg‘iz va ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish jarayonlari.
Muloqot chog‘ida deputat X.Fayzullayev mahalla faollari va aholi vakillari bilan suhbatda shunday ta’kidladi:
"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi’ shunchaki kampaniya emas, balki jonajon mahallamizni yanada ko‘rkam, toza va fayzli qilishga qaratilgan amaliy harakatdir. Obodlik bor joyda baraka va ahillik bo‘ladi. Har birimiz o‘z xonadonimiz va ko‘chamiz tozaligiga mas’ul bo‘lishimiz lozim."
Tashrif yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aholi faolligini oshirish bo‘yicha mahalla "yettiligi" va mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Oylik doirasidagi tadbirlar deputat nazoratida izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4