35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D. Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Mamashukurov 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh. Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ko‘cha va jamoat joylarining sanitariya holati hamda aholi tomonidan amalga oshirilayotgan hashar tadbirlari bilan yaqindan tanishdilar. 

🌱 Tashrif davomida hududni yanada obod qilish, yashil maydonlarni kengaytirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, tozalik va ozodalikka rioya etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish, aholi faolligini oshirish va mavjud muammolarni hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Obod mahalla — farovon hayot garovi. Hududlarni yanada obod qilish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda mahallalarda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar Termiz shahrining barcha mahallalarida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2