35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Tumandagi  mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratida

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib boradigan mahalla” sifatida tanlab olingan “Yangi diyor” mahallasida aholi uchun zamonaviy va qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar mahallaning infratuzilmasini tubdan yaxshilash, aholining kundalik hayotiga yanada qulaylik yaratish hamda zamonaviy qiyofasini shakllantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xususan, mahallaning asosiy ko‘chasida 723 million so‘m mablag‘ evaziga asfalt qoplamasi yotqizish hamda zamonaviy piyodalar yo‘laklarini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari "Makon Biznes Angor" MChJ tomonidan belgilangan loyiha va texnik me’yorlar asosida amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 21-"Guliston" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov qurilish obyektida bo‘lib, olib borilayotgan ishlarning borishi, sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishini deputatlik nazorati doirasida joyida o‘rgandi. Ushbu o'rganishga tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov ham hamrohlik qildi.

O‘rganish davomida pudratchi tashkilot mas’ullariga yo‘l-qurilish ishlarida sifat ko‘rsatkichlariga qat’iy rioya qilish, asfalt qoplamasining mustahkamligini ta’minlash, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4