35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
“Obi hayot” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev kunlik ish rejaga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardonov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Qurbanov Baxtiyor saylangan 3-"Taskent" saylov okrugiga qarashli "Obi hayot" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi.

O‘rganish davomida "mahalla yettiligi" faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining o‘zaro hamkorligi, aholining muammolarini aniqlash va hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi asosida "mahalla yettiligi" tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Nazorat yakunida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, "mahalla yettiligi" a’zolariga o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi bandligini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash va fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5