35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi bosh mutaxassisi T. Murodov 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev saylangan Uchqizil MFY hududidagi Bog‘zor ko‘chasida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mazkur ko‘chada ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo mavjudligi bildirildi. Ta’kidlanishicha, ko‘cha yaqinidan asosiy ichimlik suvi quvuri o‘tgan bo‘lsa-da, Bog‘zor ko‘chasiga tarmoq tortilmaganligi sababli aholi ichimlik suvi ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Fuqarolar ushbu ko‘chaga ichimlik suvi quvurini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildilar.

Bildirilgan murojaat tegishli tartibda qayd etilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2