35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
📌 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI QARORI IJROSI AMALDA!

Joriy yilning 11-iyul kuni Shovot tumani Navroʻz mahallasining Saxovat 3-berk koʻchasida 0.7 km qismi shagʻallashtirish ishlari boshlangan edi. Bugungi kunda mazkur koʻcha toʻliq asfalt qoplamasi bilan taʼminlanib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur ishlar Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan tegishli qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
📍 Xususan, Shovot tumanidagi "ogʻir" toifaga kiritilgan 15 ta mahallada rejalashtirilgan qurilish va taʼmirlash ishlari izchil davom etmoqda.
👥 Ushbu jarayonlar Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda masʼul xodimlari, jumladan deputat I.Masharipov va mahalla faollari ishtirokida doimiy hamda qatʼiy nazorat ostida olib borilmoqda.
Maqsadimiz bitta — har bir mahallada infratuzilmani yanada yaxshilash, yoʻllarni tekis va ravon qilish hamda fuqarolarimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish!

Slide 1 of 4