35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi Yo‘l-ko‘prik xo‘jaligidan foydalanish bo‘limi boshlig‘i M. Toshariyevning hisoboti tinglandi.

Hisobot davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori asosida Termiz tumanida shahar va boshqa aholi punktlaridagi ichki ko‘chalar hamda ichki xo‘jalik yo‘llarini saqlash va ta'mirlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli dasturning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Deputatlar tomonidan hududlarda ichki yo‘llarni ta'mirlash, mavjud muammolarni bartaraf etish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari yuzasidan savol va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, masalani Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 2