35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
PQ-141 ijrosi doirasidagi ichimlik suvi loyihasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

PQ-141 ijrosi doirasidagi ichimlik suvi loyihasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N.Ruziyeva saylangan hududdagi, mahalla yettiligi vakili bilan birgalikda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K.Abdullayeva bilan birgalikda hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan toza ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha asosida amalga oshirilishi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas'ul tashkilot vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ta'kidlanganidek, mazkur loyiha hudud aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Bunyodkorlik ishlarining borishi deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2