35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
NISHABARIQ MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARINI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY CHORALAR BELGILANDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda

NISHABARIQ MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARINI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY CHORALAR BELGILANDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston ekologik partiyasidan saylangan "2-Hamkor" okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tashabbusi bilan fuqarolardan kelib tushgan murojaatga asosan okrugi hududidagi Nishabariq mahallasida joyiga chiqqan holda navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi

📝 Nishabariq mahallasidagi 3-tor Dadil ko‘chasi 43-uyda istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati yuzasidan hududdagi muammo joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida mazkur masala ko‘p yillardan buyon mahalla fuqarolariga noqulaylik tug‘dirib kelayotgani aniqlandi.

🕯 Xususan, Hamkor 1-tor ko‘chasi orqali oqib kelayotgan yomg‘ir suvlari xonadonlar hududidan o‘tib, 4-proyezd Dadil ko‘chasi 38-uy orqali 3-tor Dadil ko‘chasi 43-uy hududiga to‘planishi natijasida fuqarolarga jiddiy muammo tug‘ilayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur hududda ariq tizimining mavjud emasligi, shuningdek, ko‘cha sathining asosiy yo‘lga nisbatan past joylashgani yomg‘ir suvlarining to‘planib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

💬 Muammoni joyida o‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, mahalla raisi, fuqarolar hamda ko‘cha boshilari bilan birgalikda masalani amaliy hal etish yo‘llari muhokama qilindi. O‘rganish yakunida hududga yangi lotok-ariq tizimini o‘rnatish hamda xonadonlarning kirish qismlariga suv o‘tkazuvchi quvurlar yotqizish zarurligi belgilandi.

📈 Mazkur ishlarni amalga oshirish maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda zarur materiallar bo‘yicha aniq hisob-kitoblar tayyorlandi. Jumladan, 9 dona lotok-ariq va tegishli quvurlar xarid qilish bo‘yicha mahalla yettiligi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, tuman mahallalar uyushmasiga taqdim etildi.

↗️ Belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida yomg‘ir suvlarining xonadonlar hududiga oqib kirishining oldini olish, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish hamda hududdagi mavjud muammoni amaliy bartaraf etish ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 9