35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
"Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida"

#huquqiy_axborot_soati

"Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida"

📜 Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 16-iyunda qabul qilingan.

📜 Senat tomonidan 2009-yil 29-avgustda maʼqullangan.

Arxeologiya merosi obyektlari xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va sivilizatsiyasini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik hisoblanadi. Qadimiy manzilgohlar, qo‘rg‘onlar, qal’alar, qabristonlar, yodgorliklar hamda arxeologik topilmalar yurtimiz tarixini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur Qonun arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, ularni davlat tomonidan hisobga olish, ilmiy jihatdan o‘rganish, saqlash, restavratsiya qilish hamda ulardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq:

💠 arxeologiya merosi obyektlari davlat muhofazasida bo‘ladi;
💠 ularni buzish, shikastlash yoki noqonuniy qazish ishlari olib borish taqiqlanadi;
💠 arxeologik tadqiqotlar faqat qonunchilikda belgilangan tartibda va vakolatli tashkilotlarning ruxsati bilan amalga oshiriladi;
💠 aniqlangan arxeologik topilmalarni yashirish yoki noqonuniy ravishda olib chiqish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi;
💠 arxeologiya merosi obyektlarini asrash va ulardan oqilona foydalanish davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolarning muhim vazifalaridan biridir.

Arxeologik yodgorliklarni asrab-avaylash orqali biz ajdodlarimizning boy tarixiy merosini saqlab qolamiz, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shamiz hamda kelajak avlodlarga bebaho tarixiy boylikni butun holda yetkazamiz.

Tarixni asrash – kelajakni qadrlashdir. Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish esa milliy o‘zligimizni saqlash yo‘lidagi muhim vazifalardan biridir.