35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Milliy sertifikatlashtirish — korrupsiyaga qarshi kurash va shaffof boshqaruvning muhim mexanizmi

Milliy sertifikatlashtirish — korrupsiyaga qarshi kurash va shaffof boshqaruvning muhim mexanizmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy sertifikatlashtirish tartibining joriy etilishi davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik, shaffoflik hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim huquqiy mexanizmdir.

Mazkur tartib korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni aniq mezonlar asosida baholash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, boshqaruv tizimida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Baholashning 100 ballik tizim asosida amalga oshirilishi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan mezonlarning joriy etilishi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mas’uliyatini yanada oshiradi. Shu bilan birga, faoliyati yuqori baholangan tashkilotlarni milliy sertifikat bilan taqdirlash hamda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tashkilotlarga nisbatan tegishli choralar belgilanishi ushbu tizimning samaradorligini ta’minlaydi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati sifatida mazkur tartibning amaliyotga izchil tatbiq etilishi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash va halollik tamoyillarini qaror toptirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati
N.Xudayqulovaning munosabati

Slide 1 of 1