Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan hududlarda amaliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
⚖️ Mazkur o‘rganishlar doirasida ichki ishlar organlari, profilaktika inspektorlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati o‘rganilib, ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan ishlash holati tahlil qilinmoqda.
📝 Deputatlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda savollar asosida o‘rganish olib borilmoqda:
* ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar ro‘yxati va hisobini yuritish;
* sud tomonidan belgilangan cheklovlarga rioya etilishi;
* profilaktik suhbatlar va yakka tartibdagi ishlar;
* ishga joylashtirish va ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashish;
* mahalla va ichki ishlar organlari hamkorligi samaradorligi.
SAVOLNOMA: