Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov tomonidan hududdagi archalarning kasallanish holati yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
🌲 O‘rganish davomida mahalla hududida ekilgan archalarning umumiy holati, qurish va sarg‘ayish alomatlari, zararkunanda hamda kasallik belgilari mutaxassislar tavsiyalari asosida ko‘zdan kechirildi.
📝 Ayrim daraxtlarda kasallanish belgilari kuzatilgani sababli ularni saqlab qolish, agrotexnik parvarishni kuchaytirish, zarur dori vositalari bilan ishlov berish hamda qurib qolgan ko‘chatlarni almashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
🤝 Shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarni asrash masalalarida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ekologik madaniyatni oshirishning ahamiyati ta’kidlandi.