35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Deputat tashabbusi amaliy yechim berdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Nurmamatova tomonidan Nayman mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi murojaat va takliflari tinglandi.

⚡️ Uchrashuv davomida Mirtemir ko‘chasi nuroniylari va aholisi hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq dolzarb muammoni ko‘tardi.

Fuqarolar ta’kidlashicha, ushbu masala yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi rahbariyatiga bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsa-da, muammo uzoq vaqt davomida o‘z yechimini topmagan.

📝 Aholi murojaatida qayd etilishicha,ikki yil avval yangi transformator o‘rnatilgan, biroq u shu kungacha elektr tarmog‘iga ulanmagan.

Mazkur holat deputat tomonidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

✅ Deputat S. Nurmamatova tashabbusi va deputatlik so‘rovi natijasida bugun ushbu muammo amaliy yechim topdi.

Yangi transformatorni tarmoqqa ulash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi va aholining uzoq yillik muammosi bartaraf etildi.

Deputat xalq duosini oldi.

Slide 1 of 1