35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-dekabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan.

Mazkur Qonun davlat xaridlarini amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik, adolat, raqobat va samaradorlik tamoyillarini ta’minlashga xizmat qiladi. Qonunda davlat buyurtmachilarining huquq va majburiyatlari, xaridlarni rejalashtirish, o‘tkazish hamda nazorat qilish tartiblari aniq belgilab berilgan.

Qonunning asosiy maqsadi – davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishdan iborat.

Bugungi kunda mazkur Qonun talablariga qat’iy rioya etish davlat xaridlari tizimining shaffofligini ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash va davlat mablag‘laridan samarali fo
ydalanishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Qonunga rioya qilish – shaffof boshqaruv va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi samarali davlat xaridlarining muhim kafolatidir.