35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun muhim imkoniyat!


25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun muhim imkoniyat!

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qarori bilan yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim mexanizm joriy etilgan.

📌 Unga ko‘ra, 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun ish beruvchi tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasi davlat byudjetidan qoplab beriladi.

✅ Mazkur tartib quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
🔹 yoshlarni rasmiy ish bilan ta’minlashni kengaytiradi;
🔹 ish beruvchilarning xarajatlarini kamaytiradi;
🔹 mehnat munosabatlarini qonuniy asosda rasmiylashtirishni rag‘batlantiradi;
🔹 yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi;
🔹 tadbirkorlik subyektlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlaydi.

💼 Ushbu imtiyoz orqali ish beruvchilar yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish bilan birga, to‘langan ijtimoiy soliq summasini belgilangan tartibda davlat byudjetidan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🤝 Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga faol jalb etish va ish beruvchilarni rag‘batlantirish — iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biridir.