35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytirilmoqda.

Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytirilmoqda.


✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi hamda kotibiyat mudiri tuman adliya boʻlimiga qarashli "Madad" huquqiy maslahat binosi faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.

✅​Ushbu oʻrganishdan koʻzlangan asosiy maqsad — hududda aholiga koʻrsatilayotgan bepul huquqiy yordam sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada soddalashtirish hamda adliya boʻlimi va tuman Kengashi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat boʻldi.

✅​Muloqot davomida "Madad" muassasasi tomonidan tuman aholisiga yaratilgan sharoitlar, huquqiy maslahat olish uchun kelayotgan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamiga alohida eʼtibor qaratildi.

✅ Shuningdek, kelgusida hamkorlikda huquqiy targʻibot tadbirlarini koʻpaytirish va chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etish masalalari kelishib olindi.