35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan haftalik ishlar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida tashkil etilib, unda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.
#haftalik_ishlar_muhokamasi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan haftalik ishlar yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida tashkil etilib, unda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida joriy haftaga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda Kengashning navbatdagi sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish, ijtimoiy tarmoqlarda faollikni oshirish, “E-kengash” tizimida hujjatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ularning ijrosini tizimli nazoratga olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash