35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
Obod va fayzli mahalla sari navbatdagi amaliy qadam

Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ko‘chalar, ichki yo‘llar, jamoat joylari hamda yashil hududlarning holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, mavjud kamchilik va muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, hududni obodonlashtirish ishlarini tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan sustkashlik va mas’uliyatsizlik holatlari keskin tanqid qilindi. Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda hududni namunali mahallaga aylantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Tashrif davomida mahalla aholisi bilan ham ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni o‘z xonadonlari va ko‘cha oldi hududlarini ozoda saqlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi. Har bir xonadon egasi yashash hududining tozaligi va tartibini ta’minlash orqali mahallaning yanada fayzli va shinam bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishi muhimligi ta’kidlandi.
Yakunda mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilishi, aniqlangan kamchiliklar tezkor bartaraf etilishi hamda hududning sanitariya va ekologik holatini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3